📣 Burqut mahallasida sayyor qabul o‘tkazilmoqda
2026-08-26 09:05:00 / Yangiliklar

Ayni paytda Paxtachi tumani 1-sektor hududidagi Burqut mahallasida, 2- umumta’lim maktabida tuman hokimi Qayum Xushbakovning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tmoqda.
🤝 Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, muammo va takliflari tinglanib, ularni joyida o‘rganish hamda ijobiy hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📋 Murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi nazoratga olinadi.
🏛 Xalq bilan muloqot — muammolarga amaliy yechim topishning muhim omili!
Biz👉https://myurls.co/paxtachi_tumani




