📚 “Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori”
2026-08-21 15:20:00 / Yangiliklar

Mazkur shior ostida Beshinchi Ustozlar milliy forumining tuman sho‘ba yig‘ilishlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 3-iyuldagi 236-sonli buyrug‘iga muvofiq 20–21-avgust kunlari Paxtachi tumanida tashkil etildi.
Tuman miqyosida ta’lim tizimining turli yo‘nalishlari bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlari o‘tkazilib, unda ta’lim tashkilotlari rahbarlari, pedagoglar va mutaxassislar ishtirok etdilar.
📌 Jumladan:
🔹 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida — barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari ishtirokida “Maktablar sho‘basi”;
🔹 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida — O‘IBDO‘lar ishtirokida “Monitoring va kasbiy rivojlantirish sho‘basi” hamda ARM xodimlari ishtirokida “O‘quv jarayonini metodik ta’minlash va darsliklar sho‘basi”;
🔹 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabida — MMIBDO‘lar ishtirokida “Ma’naviyat sho‘basi” hamda o‘zbek tili fani o‘qituvchilari ishtirokida “O‘zbek tili sho‘basi”;
🔹 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabida — maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari ishtirokida “Maktabgacha ta’lim sho‘basi”, shuningdek, amaliyotchi psixologlar ishtirokida “Psixologik xizmat va inklyuziv ta’lim sho‘basi”;
🔹 25-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida — ta’lim tashkilotlarining XIBDO‘lari hamda DXSH asosidagi YATTlar direktorlari ishtirokida “Qurilish bo‘limi va DXSH sho‘basi” tashkil etildi.
Sho‘ba yig‘ilishlari davomida ta’lim tizimidagi yangiliklar, zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or pedagogik tajribalar, o‘quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish hamda yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
🎓 Forumning tuman sho‘ba yig‘ilishlarida belgilangan vazifalar 24–29-avgust kunlari barcha maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagogik kengashlar shaklida davom ettirilishi belgilab olindi.
🌟 Sifatli ta’lim — malakali pedagog, zamonaviy yondashuv va buyuk kelajak poydevoridir!





