⚖️ Sayyor sud majlisi o‘tkazildi
2026-08-18 09:00:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda sud-huquq tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarga qulaylik yaratish hamda sud faoliyatining xalq bilan yaqinligini oshirish maqsadida sayyor sud majlislarini o‘tkazish amaliyoti kengayib bormoqda.
📍 Ana shunday sayyor sud majlislaridan biri jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudi tergov sudyasi Dilshod Eshmatov raisligida Mirza Salimiy mahallasidagi 3-sektor binosida o‘tkazildi.
⚖️ Ochiq sud majlisida Paxtachi tumani IIB profilaktika inspektorlari tomonidan surishtiruv jarayonida to‘plangan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rib chiqildi.
Sud muhokamasi davomida ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar atroflicha o‘rganilib, har bir holat yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Mazkur amaliyot huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquqiy ongini oshirish va kelgusida takroriy huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga xizmat qiladi.
📚 Farmon mazmun-mohiyati tushuntirildi
Sud majlisi yakunida sudya D. Eshmatov tomonidan ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-avgustdagi “«Odil sudlov-2030» — Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Muloqot davomida inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, buzilgan huquqlarni tiklash, odil sudlovni ta’minlash hamda sud tizimida xalqchil yondashuvni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⚖️ Inson huquqlarini himoya qilish va adolatni ta’minlash — sud-huquq tizimining ustuvor vazifasidir.



