🏥 Aholi salomatligi yo‘lida tizimli ishlar olib borilmoqda
2026-08-17 16:55:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumanida aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
📍 Bugun, 17-avgust kuni, Paxtachi tumani hokimi Qayum Xushbakov hamda tuman hokimi o‘rinbosari Dilshod Napasov tomonidan Shamsnazar mahallasidagi 4-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.
🔍 O‘rganish davomida bayram kunlari arafasida tibbiy xizmatni uzluksiz tashkil etish uchun yaratilgan zahira o‘rinlar, shuningdek, muassasaning dori-darmon vositalari bilan ta’minlanganlik holati ko‘zdan kechirildi.
💻 Shuningdek, Paxtachi tumani Markaziy shifoxonasidagi Raqamli sog‘liqni saqlash markazi filiali faoliyati ham o‘rganilib, tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish, aholiga qulaylik yaratish va zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
📋 Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Aholi salomatligi — doimo e’tibor markazida!





