🏆 “Huquqiy zakovat”da Paxtachi jamoasi — viloyat bosqichi sovrindori!
2026-08-14 17:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi “2026–2027-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2024-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
📚 Bugun, 14-avgust kuni, Samarqand shahridagi “Oriental” universitetining Samarqand filiali binosida “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yinining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🏆 Unda Paxtachi tumanidagi mahalla xotin-qizlar faollaridan tarkib topgan jamoa 16 ta tuman jamoasi o‘rtasida munosib ishtirok etib, faxrli II o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🥈 G‘olib jamoa Samarqand viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasining II darajali diplomi bilan taqdirlandi.
✨ Mazkur yutuq jamoaning chuqur bilimi, zukkoligi, hamjihatligi va yuqori intellektual salohiyatining yorqin namunasidir.
👏 Paxtachi jamoasini ushbu munosib natija bilan muborakbod etamiz!
🇺🇿 Paxtachi — olg‘a! Yutuqlarimiz bardavom bo‘lsin!









