♟️ Nuroniylar o‘rtasida “Shaxmat-shashka” turniri o‘tkazildi
2026-08-13 15:05:00 / Yangiliklar

2026-yil 13-avgust kuni Paxtachi tumanidagi **“Nuroniylar maskani”**da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi PQ-405-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida nuroniylar o‘rtasida sportning “Shaxmat-shashka” turi bo‘yicha tuman bosqichi tashkil etildi.
🏆 Musobaqada mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilgan saralash bahslarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan faol nuroniylar ishtirok etib, shaxmat va shashka bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
🥇 Musobaqa natijalariga ko‘ra:
♟️ Erkaklar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha:
Amirobod mahallasidan Haqnazarov Azim — 1-o‘rin;
⚫ Erkaklar o‘rtasida shashka bo‘yicha:
Jahonobod mahallasidan Quvanov Bobosher — 1-o‘rin;
♟️ Nuroniy onaxonlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha:
Baratova Guliston — 1-o‘rin;
⚫ Nuroniy onaxonlar o‘rtasida shashka bo‘yicha:
Baratova Oygul — 1-o‘rin.
🎁 Musobaqa g‘oliblari Paxtachi tumani hokimligi hamda “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
🌿 Mazkur turnir nuroniylarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda faol hayot tarzini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.
♟️ Sport — sog‘lom hayot, shaxmat va shashka esa teran tafakkur maktabidir!








