📡📍Paxtachi tumanida navbatdagi Sayyor qabul o'tkazildi.
2026-08-07 13:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi ”O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Samarqand viloyati hududiy bo'limi boshlig'i tomonidan Paxtachi tumanidagi Prezident Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimligi bilan hamkorlikda jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.
Sayyor qabulda quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
➖Internet xizmatlari sifati;
➖Mobil aloqa xizmatlari masalasi;
➖Teleradioeshittirsh xizmatlari sifati;
➖Pochta xizmati sifati;
yuzasidan muammo va fuqarolarni qiziqtirgan savollari tinglandi.
Sayyor qabul davomida kelib tushgan murojaatlarga tegishli tushuntirishlar berilib, ayrim muammolar joyida hal etdi.
Qo'shimcha o'rganish va muddat talab etiladigan masalalar nazoratga olinib, ijrochi tashkilotlarga yunaltirildi.


