Paxtachi tumanida xususiy dorixona rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-08-06 17:05:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumani prokuraturasi hamda Paxtachi tuman davlat departamenti xodimlari ishtirokida Paxtachi tumani SSB boshlig‘i A.N. Bobomurodov tomonidan hududdagi xususiy dorixona rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida DMED tizimida elektron retsept va reimbursatsiya tizimini amaliyotga joriy etish, undan samarali foydalanish hamda elektron retseptlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish masalalari yuzasidan suhbat olib borildi. Ishtirokchilarga amaldagi tartib va talablar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, elektron retsept va reimbursatsiya tizimi bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida xususiy dorixonalar bilan tegishli shartnomalar tuzildi.
Uchrashuv yakunida tizimni yanada takomillashtirish, aholiga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatishni ta'minlash hamda hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.


