“Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-08-06 16:10:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumanining Quvondiq mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🤝 Uchrashuvda Paxtachi tumani hokimi Qayum Xushbakov yoshlar bilan samimiy suhbat qurib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. Muloqot davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.





