📚 Matbuot kotiblari uchun amaliy va kreativ o‘quv kursi boshlandi
2026-08-03 17:00:00 / Yangiliklar

🎓 O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Samarqand viloyati tuman va shahar hokimliklari matbuot kotiblari uchun 2 kunlik amaliy va kreativ o‘quv kursiga start berildi.
💡 Dastlabki kun davomida ishtirokchilar zamonaviy media makonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish, ularni matbuot xizmatlari faoliyatiga joriy etish hamda auditoriya e'tiborini tortadigan sifatli kontent yaratish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.
🎙 Mashg‘ulotlar tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan real misollar va interaktiv usullar asosida tashkil etilib, ishtirokchilar media vositalaridan unumli foydalanish, sun’iy intellekt imkoniyatlarini amaliyotga tatbiq etish hamda kreativ vizual kontent tayyorlash bo‘yicha muhim ko‘nikmalarni egalladilar.
🤝 O‘quv kursi davomida tajriba almashish, zamonaviy kommunikatsiya yondashuvlarini o‘rganish va matbuot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.








