Xonadon egalariga ogohlantirish xatlari tarqatilmoqda!
2026-07-28 17:55:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumani Yoshlar ishlari bo‘limi hamda 4-sektor yoshlar yetakchilari hamkorligida Mirkan mahallasida "Dolzarb 40 kun" tadbirlari doirasida obodonlashtirish ishlari yuzasidan xonadonlarda bo'lishdi.
Mahalla aholisiga hududni obod va ozoda saqlash, xonadon hamda ko‘cha atroflarini tartibli saqlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, obodonlashtirish va sanitariya talablariga rioya etish yuzasidan ogohlantirish xatlari tarqatildi.
Mazkur tadbir mahallada tozalik, tartib-intizom va obodonlashtirish madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.






