🩺 «Xumor» OSHPda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi
2026-07-27 17:00:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumani 2-sektor hududidagi «Xumor» oilaviy shifokorlik punktida sektor rahbarining tashabbusi bilan aholi salomatligini mustahkamlash hamda kasalliklarni barvaqt aniqlash maqsadida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
👨⚕️ Tibbiy ko‘rik davomida fuqarolar zamonaviy tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazildi. Jumladan:
🔹 ultratovush tekshiruvi (UZI);
🔹 elektrokardiografiya (EKG);
🔹 laboratoriya qon tahlillari amalga oshirildi.
💬 Tekshiruv yakunida shifokorlar tomonidan fuqarolarga sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, kasalliklarning oldini olish hamda aniqlangan holatlar bo‘yicha davolanish yuzasidan zarur tavsiya va maslahatlar berildi.
🤝 Aholi salomatligini asrash, kasalliklarni erta aniqlash va sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan bunday profilaktik tadbirlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.


