⚖️ Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik targ‘ib qilindi
2026-07-22 14:05:00 / Yangiliklar

⚖️ Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik targ‘ib qilindi
Joriy yilning 22-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudi raisi A. Xolboyev hamda mazkur sudning tergov sudyasi D. Eshmatov tomonidan Paxtachi tumani Elektr ta’minoti korxonasi binosida O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
👥 Tadbirda Elektr ta’minoti korxonasi xodimlari hamda fuqarolar ishtirok etdilar.
📖 Yig‘ilish davomida sud raisi A. Xolboyev va tergov sudyasi D. Eshmatov mazkur Qonunning asosiy mazmuni, unda nazarda tutilgan yangi normalar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgarishlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berdilar.
💬 Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga huquqiy asoslangan javoblar berilib, korrupsiyaning oldini olish, qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.
🤝 Bunday targ‘ibot tadbirlari jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda qonunchilik talablarini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.





