🏛 1-sektorda ijtimoiy soha rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi
2026-07-15 09:20:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumani 1-sektor binosida sektor hududidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, umumta’lim maktablari direktorlari hamda mahalla raislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
📋 Yig‘ilish davomida ta’lim muassasalari va mahallalar hududlarini obodonlashtirish, M-37 avtomobil yo‘li atrofini tartibga keltirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
🎒 Shuningdek, 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari atroflicha muhokama qilinib, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik holati, sanitariya-gigiyena talablari, obodonlashtirish ishlari hamda o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
✅ Yig‘ilish yakunida mas’ullarga yangi o‘quv yilini puxta tayyorgarlik bilan kutib olish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda hududlarni yanada obod va ko‘rkam holga keltirish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.







