♻️ Noqonuniy tashlangan chiqindilar bartaraf etilmoqda
2026-07-14 10:55:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumani Ekopolitsiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasi hududida ekologik nazorat tadbirlari olib borildi.
Aniqlanishicha, ayrim fuqarolar tomonidan chiqindilar belgilanmagan joylarga tashlanishi oqibatida noqonuniy chiqindi to‘planish holatlari yuzaga kelgan. Mazkur holatni bartaraf etish maqsadida hududga maxsus texnikalar jalb qilinib, chiqindilarni tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
🌿 Hurmatli fuqarolar!
Atrof-muhitni asrash, mahallalarimizni ozoda va obod saqlash barchamizning umumiy burchimizdir. Chiqindilarni faqat belgilangan joylarga tashlash, sanitariya va ekologiya qoidalariga rioya qilish orqali hududlarimiz tozaligini ta’minlashimiz mumkin.
⚖️ Eslatib o‘tamiz, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash amaldagi qonunchilikka muvofiq ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
🤝 Keling, tabiatni asraylik, mahallalarimizni toza saqlaylik va ekologik madaniyatni yuksaltirishga o‘z hissamizni qo‘shaylik!





