🏕🎉 “Xumor” bolalar oromgohida ikkinchi dam olish mavsumi yakunlandi
2026-07-04 09:05:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumanidagi “Xumor” bolalar oromgohida ikkinchi dam olish davrasi o‘z nihoyasiga yetdi.
🎭 Shu munosabat bilan tantanali konsert dasturi tashkil etilib, bolajonlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va raqslar namoyish etildi. Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
🏆 Dam olish mavsumi davomida turli sport musobaqalari, intellektual bellashuvlar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etgan bolajonlar oromgoh rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandilar.
🤝 Tadbir yakunida bolajonlar va ularning ota-onalari farzandlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, mazmunli dam olish va xavfsiz muhit uchun oromgoh rahbariyati hamda jamoasiga samimiy minnatdorlik bildirdilar.
🌟 “Xumor” bolalar oromgohi yozgi ta’tilni bolalar uchun unutilmas taassurotlar, yangi do‘stlar va maroqli lahzalar bilan boyitishda davom etmoqda.






