Ayollar daftari ro‘yxatidagi xotin-qizlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi
2026-06-26 15:10:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Paxtachi tumanida “Ayollar daftari”ning 5-toifasida ro‘yxatda turgan xotin-qizlar bilan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Tadbirda Paxtachi tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, Adliya bo‘limi xodimlari, “Madad” advokatura byurosi vakillari hamda tuman hokimligi mutasaddilari ishtirok etdilar.
📋 Sayyor qabul davomida xotin-qizlarning murojaatlari, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy masalalari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
⚖️ Mutaxassislar tomonidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik, huquqiy himoya, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🤝 Murojaatlarning ayrimlari joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
🌿 Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda jamiyatdagi faolligini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.







