⚡️ Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning elektron reyestri yuritiladi
2026-06-23 15:45:00 / Yangiliklar

#qonun
📝 IIV korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran 3 ish kuni ichida reyestrga shaxs haqidagi ma’lumotlarni kiritadi.
Elektron reyestrda korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Jinoyat kodeksida belgilangan sudlanganlik muddati davomida saqlanadi.
⚡️Elektron reyestrga kiritilgan shaxslarga nisbatan quyidagi cheklovlar belgilanadi:
➡️davlat xizmatiga kirish va davlat mukofotlari bilan taqdirlanish;
➡️saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodining ko‘rsatilishi;
➡️davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning a’zosi bo‘lish;
➡️o‘zi ta’sis etgan va ustav fondidagi ulushining 50 foizidan ko‘proq qismiga o‘zi egalik qiladigan tadbirkorlarning davlat xaridlarida va davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda ishtirokchi sifatida qatnashish;
➡️davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarda va davlat ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritish.
❗️Shuningdek, jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlik, firibgarlik uchun hukm qilingan va sodir etgan jinoyati tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplamagan shaxsga qo‘llanilmasligi belgilandi.
