🏆 Yoshlar siyosatini amalga oshirishda faol bo‘lganlar taqdirlandi
2026-06-17 09:30:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumanida yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish, yoshlarning iste’dod va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan rahbarlar, mutaxassislar va yoshlar tantanali ravishda taqdirlandilar.
🌟 “Eng yuqori natijalarga erishgan sportchi” nominatsiyasi
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempioni va sovrindori, Prezident Olimpiadasining respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan yosh sportchi Baxtiyorova Shahzoda Yigitaliyevna taqdirlandi.
🌟 “Eng faol yoshlar yetakchisi” nominatsiyasi
“Yilning eng namunali yoshlar yetakchisi” tanlovining respublika bosqichi 2-o‘rin sohibi, Yoshlar ishlari agentligi stipendiyanti, “Yetakchi KAMP” loyihasi ishtirokchisi hamda respublika bo‘yicha “TOP-100” eng faol yoshlar yetakchilari reytingidan o‘rin olgan Xudoyqulov Elbek G‘anisherovich munosib e’tirof etildi.
🌟 “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda eng fidokor xodim” nominatsiyasi
O‘z vazifalariga mas’uliyat va sadoqat bilan yondashib kelayotgan Muhammadiyev O‘ktam Eshmamatovich taqdirlandi.
🌟 “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda eng yaxshi hamkor tashkilot” nominatsiyasi
Yoshlar bandligini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalarini tashkil etishda faol hamkorlik qilib kelayotgan Shermatov Akmal Meliyevich e’tirof etildi.
🌟 “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda eng yuqori natijaga erishgan o‘qituvchi” nominatsiyasi
Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan G‘aniyeva Ra’no Fayzullayevna taqdirlandi.
🌟 “Yoshlar tadbirlarini tashkil qilishda eng yaxshi hamkor” nominatsiyasi
02.855-harbiy qism komandirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Ahmedov Bekzod Ergashboyevich yoshlarga oid tadbirlarni tashkil etishdagi faol hamkorligi uchun taqdirlandi.
🌟 “Yoshlar tadbirlarini tashkil qilishda eng yaxshi hamkor” nominatsiyasi
Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi xizmatlari uchun Yo‘ldashev Elyor Zaribovich taqdirlandi.
🌟 “Yoshlar tadbirlarini tashkil qilishda eng yaxshi hamkor” nominatsiyasi
Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va targ‘ibot ishlaridagi samarali faoliyati uchun Razzaqov Nodir Xolmurodovich munosib e’tirof etildi.
👏 Barcha taqdirlanganlarni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularning kelgusi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va zafarlar tilaymiz.
Yoshlar taraqqiyoti — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim poydevoridir!







