🏕 “Xumor” oromgohida bolajonlarning mazmunli hordig‘i davom etmoqda
2026-06-17 09:35:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumanidagi “Xumor” bolalar oromgohida dam olayotgan bolajonlar uchun ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari muntazam tashkil etilmoqda.
🕌 Navbatdagi tadbir doirasida oromgoh tarbiyalanuvchilari Imom Bahra maqbarasi hamda Dabusqal’a ziyoratgohiga sayohat uyushtirib, ushbu muqaddas va tarixiy maskanlar bilan yaqindan tanishdilar. Sayohat davomida bolalarga yurtimizning boy tarixiy merosi va ma’naviy qadriyatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
🧮 Shuningdek, oromgohda mental arifmetika to‘garagi mashg‘ulotlari o‘tkazilib, bolalarning aqliy salohiyati va tezkor fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
⚽️🏃♀️ Sport o‘yinlari, qiziqarli musobaqalar va jamoaviy bellashuvlar esa bolajonlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etib, ularning sog‘lom va faol dam olishlariga xizmat qilmoqda.
🎉 Quvonchli lahzalar, yangi do‘stlar, foydali mashg‘ulotlar va unutilmas taassurotlar — bularning barchasi “Xumor” oromgohida jam bo‘lgan.
🌟 Bolajonlar yozgi ta’tilning har bir kunini mazmunli va maroqli o‘tkazishmoqda!







