🌳 BIRLAR DARAХT EKADI, BOSHQALAR ESA UNI PAYHON QILADI...
2026-06-16 17:00:00 / Yangiliklar

🍃 "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilayotgan har bir daraxt va gul ko‘chati — kelajak avlodga qoldirilayotgan bebaho meros, musaffo havo va yashil hayot kafolatidir. Uni asrash esa nafaqat qonuniy majburiyat, balki eng oliy insoniy fazilatdir.
Afsuski, ayrim fuqarolar tomonidan chorva mollarini avtomobil va temir yo‘l atroflarida boqish oqibatida ekilgan ko‘chatlarga zarar yetkazish holatlari uchramoqda. Paxtachi tuman Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan kuzatuv-reyd tadbirlari davomida Istiqlol mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan temir yo‘l atrofiga ekilgan mevali ko‘chatlar chorva mollari ta’sirida shikastlangani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi hamda o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar va jarima miqdori 12 million 772 ming so‘m etib belgilandi.
⚖️ Unutmang!
Daraxt va ko‘chatlarga zarar yetkazish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
🌱 Tabiatni obod etish — savobli ish.
🌳 Uni asrab-avaylash esa har birimizning fuqarolik burchimizdir.
Aziz yurtdoshlar! Yashil hududlarni, ekilgan daraxt va gul ko‘chatlarini asrashda befarq bo‘lmang. Barcha yurtimizni yanada yashnatish uchun mehnat qilayotgan bir paytda, ularni payhon qilishga yo‘l qo‘ymaylik!
Biz👉 http://myurls.co/paxtachi





