DXX KUBOGI G'OLIBLARI TAQDIRLANDI
2026-05-26 14:55:00 / Yangiliklar

✅Natijalarga ko‘ra, sportning katta futbol turi bo‘yicha
🥈2-o‘rin — Suluvqo'rg'on MFY jamoasiga
🥉3-o‘rin — Mirzo Olim MFY jamoasiga nasib etdi.
⚽️Mini futbol turi bo‘yicha tuman bosqichining 16-30 yosh qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarida esa,
🥈2-o‘rinni — Tadbirkor MFY jamoasi
🥉3-o‘rinni — Bog'oloni MFY jamoasi egalladi.
⚽️Mini futbol bo‘yicha o'g'il bolalar o‘rtasida bo'lsa
🥈2 - o'rinni — Gulobod MFY jamoasi
🥉3 - o'rinni — Yobu MFY jamoasi qo'lga kiritdi.
👨💼Zafar bazmgohida bo'lib o'tgan tantanali taqdirlansh marosimida tuman hokimi Q.Xushbakov, DXX tuman mas'uli, tuman prokurori, IIB boshlig‘i, Soliq inspeksiyasi rahbari ishtirok etib, musobaqalarda yuqori o'rinlarni egallagan jamoalarga qimmatbaho sovgʻalar, medallar, kubok hamda diplomlarni topshirdi.
✅Shuningdek, bellashuvlarda faol ishtirok etgan yoshlarga, musobaqalarni tashkil etish va o'tkazishda masʼuliyat hamda haqqoniylik bilan ish olib borgan barcha mutasaddilarga chuqur minnatdorchilik bildirildi.
✅Bu kabi turnirlar yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishda, sog‘lom turmush tarziga yo'naltirishda va yangi iqtidorlarni kashf etishda muhim o‘rin tutishi taʼkidlandi.
Biz👉http://myurls.co/paxtachi









