QISHLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YER UCHASTKALARINI YANGI TIZIM ASOSIDA IJARAGA BERISH HAMDA IJARA HUQUQINI SOTIB OLISH BOʻYICHA TOʻLOVLARNI UNDIRISHGA QARATILGAN NAVBATDAGI CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
2026-05-25 15:00:00 / Yangiliklar

Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini keng joriy qilish, ijaraga oluvchilarning ekinlarini joylashtirishdagi mustaqilligini ta’minlash va yuqori qo’shilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga qaratilgan islohotlar qo’lamini yanada kengaytirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
68-sonli Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko’ra, 2025-yil 3-fevraldagi 18-sonli Farmoniga muvofiq, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish bo’yicha tajriba-sinov tariqasida boshlangan yangi tizim natijasida kelib chiqib, ushbu amaliyot respublikaning barcha hududlarida tadbiq qilinishi belgilandi.
Jumladan, auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalarining boshlangʻich narxi yer uchastkasi normativ qiymatining 50 foizi miqdorida, har bir takroriy savdoda sotilmagan lot narxi 10 foizdan bosqichma-bosqich boshlangʻich narxning 10 foizi miqdoriga (yer uchastkasini auksion savdolariga chiqarish xarajatlaridan kam boʻlmagan miqdoriga) qadar pasaytiriladi;
birinchi auksion savdosi tegishli yer uchastkasi haqidagi xabarnoma eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn besh kun muddatda va takroriy savdolar bir kun muddatda oʻtkaziladi;
Yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqini sotib olish hamda toʻlovlarni undirish boʻyicha, 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 15-aprelga qadar ochiq elektron tanlovlar orqali 1 456 ta yuridik shaxsga ijaraga berilgan 80 816 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari boʻyicha ijara muddatiga teng taqsimlanadigan qoʻshimcha toʻlovlar yoki ijaraga olish huquqini boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha toʻlovlardan muddati oʻtgan qarzdorlik summasi yer uchastkasi normativ qiymatining toʻrt baravaridan ortiq boʻlsa, jami toʻlanadigan toʻlovni biryoʻla 20 foiz chegirma bilan yoki uch yil davomida foizsiz boʻlib toʻlash sharti bilan ushbu summani yer uchastkasi normativ qiymatining toʻrt baravariga teng miqdorda toʻlash imkoniyati berildi.
Shu bilan birga, tuman hokimlikalari tasarrufida bo’sh turgan, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yer sifatida hisobga olingan sanadan boshlab o’n kun muddatda auksion savdolariga chiqarilmagan taqdirda, “O’zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti tomonidan avtomatik tarzda auksion savdolariga chiqarilishi qayd etildi.
Qaxramon Eshankulov - “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ Samarqand viloyati hududiy vakili
