Munosabat o'rnida! Yo'lning ta'mirlash ishlari yakunlanish arafasida
2026-05-22 09:00:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumani Fay mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li Davlat ahamiyatiga ega umumfoydalanuvdagi D077 (4 R 185) “M-37 avtomobil yo'lidan Qarnabota qishlog’iga kirish” avtomobil yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabr kunidagi “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-392-sonli Qaroriga asosan ta’mirtalash ishlari olib borilmoqda. Hozirda ushbu yo'lning 25 km qismida ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Hozirgi kunda asfalt yotqizish uchun asos yotqizish ishlari qizg‘in sur’atlarda olib borilmoqda. Ish jarayonida ko‘tarilayotgan chang-to‘zonni yotqizish uchun kuniga 2-3 marta suv sepilayotganligi va qurilish jarayonida yuzaga kelayotgan ayrim noqulayliklar ham pudratchi tomonidan bartaraf etilmoqda. Asfalt yotqizish ishlari 10 kun muddat ichida boshlash rejalashtirilayotganini ma'lum qilamiz.
Paxtachi tumani yo'llardan foydalansih unitar korxonasi

