🌱 “Bir kontur, bir mahsulot” tamoyili asosida yangi issiqxonalar barpo etilmoqda
2026-05-20 15:30:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumani Toma mahallasida “Bir kontur, bir mahsulot” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida 17 gektar maydon Yobu va Toma mahallalarida istiqomat qiluvchi ishsiz 65 nafar fuqaroga issiqxona qurish uchun ajratildi.
Mazkur hududda dehqonchilik va issiqxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida 300 million so‘m mablag‘ evaziga yer ostidan suv chiqaruvchi 2 ta nasos o‘rnatildi. Shuningdek, 150 million so‘m mablag‘ hisobiga elektr tayanchlari hamda 2 dona transformator o‘rnatilib, elektr tarmog‘i tortib kelindi.
Kelgusida ushbu issiqxonalarda turli oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirilib, ichki va tashqi bozorlarga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Bugun, 20-may kuni Paxtachi tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Usmon Arnaqulov ushbu hududda faoliyat olib borayotgan fuqarolar bilan uchrashdi. Suhbat davomida issiqxona egalari uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida qo‘shimcha ravishda 6 ta elektr tayanchi o‘rnatish hamda 150 metr kabel tortish ishlari rejalashtirildi.

