“#35_kitob_quvonchi” xayriya aksiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi!
2026-05-19 09:15:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu xayriya aksiyasida faol ishtirok etgan barcha ko‘ngillilar, tashkilotlar hamda kitobsevar yurtdoshlarimizga samimiy minnatdorlik bildiramiz. 🤝
Aksiya davomida jami 1107 ta bollalar adabiyoti va adabiy kitoblar jamlandi.
Ushbu kitoblar yoshlarimizning ma’naviy kamoloti va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish yo‘lida xizmat qiladi.
Yig‘ilgan kitoblar 21-may kuni "Oqtepa" mahallasidagi kutubxonaga tantanali ravishda topshiriladi.
Ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan barcha insonlarga va tuman tashkilot rahbarlariga yana bir bor tashakkur aytamiz!









