“Profilaktik - ogohlantiruvchi murojaat”
2026-05-07 10:10:00 / Matbuot anjumanlari

Assalomu alaykum, Aziz Paxtachiliklar !
Muhtaram Prezidentimizning mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha, shuningdek, Ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa bir qator muhim Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tumanimizdagi kriminogen vaziyat bo‘yicha har oy yakuni bilan “profilaktik-ogohlantiruvchi murojaat” yo‘llab borilmoqda.
Shu sababdan, tumanmizning mart oyidagi kriminogen vaziyati bo‘yicha qisqacha ma’lumot berib o‘tsam.
Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida mart oyi davomida tuman hududida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlardan Qotillik, Og‘ir TJE, Bosqinchilik, Oilaviy zo‘ravonlik, kabi jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Xodimlar tashabbusi bilan aniqlanadigan jinoyatlar salmog‘i o‘tgan yilga nisbatan 3 foizga yaxshilandi.
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan tadbirlar natijasida, mart oyida
-51 ta mahallalarning 38 tasida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar doirasida 38 ta tintuv tadbirlar o‘tkazilib, jami 7 nafar kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir etuvchi va giyohvandlik vositalar oldi sotdisi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar bilan tezkor tadbirlar o‘tkazilib, 8 nafar shaxslar qamoqqa olindi.
Tadbir davomida 7 ta giyohvandlik, 6 ta qo‘shmachilik, 13 ta foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olish, 2 ta noqonuniy qurol saqlash jinoyatlar aniqlandi.
9 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi.
6 nafar muqaddam sudlangan, ma’muriy nazorat qonuni ostiga tushuvchi shaxslarga nisbatan ma’muriy nazorat o‘rnatildi.
Tungi vaqtda ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar kuzatuvisiz ko‘ngilochar joylarda bo‘lishlariga yo‘l qo‘ygan 42 nafar shaxslarga ma’muriy chora ko‘rildi.
Ko‘chalarda avtomashinasini ochiq holatda qoldirgan, velosiped va aravachalarini, o‘z mulkini qarovsiz qoldirgan 197 nafar shaxslar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
Mahallalardagi o‘g‘irliklarning 30 foizi buyum va chorva mollarini qarovsiz qoldirilganligi oqibatida sodir etilgan bo‘lsa, 40 foizi esa xonadon va savdo do‘konlarida sodir etilgan.
Bugungi kunda, ushbu jinoyatlarni oldini olish borasida aholi orasida xonadonlar, savdo do‘konlari va boshqa ob’ektlarni qo‘riqlash markaziga ulash, ko‘cha va jamoat joylarini zamonaviy videokuzatuv kameralari bilan jihozlashning afzalliklari bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Xususan, tumanmizda 170 ta turli ob’ektlar Qo‘riqlash bo‘linmasi tomonidan qo‘riqlovga olindi.
Aziz Paxtachiliklar, Sizlarga xonadonlar va boshqa ob’ektlardan o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilishini oldini olish maqsadida, ularni qo‘riqlash pultiga topshirishingizni tavsiya qilaman.
Hurmatli Paxtachiliklar,
Yana bir muhim masala, joriy yilning 01-mart kunidan 01 aprel kunigacha Respublika miqyosida fuqarolarimizni tinchligi va osoyishtaligini taminlash va ularni huquqiy ma’nfatlarini ximoya qilish maqsadida bir qancha tezkor profilaktik tadbirlari o‘tkazish hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida Respublika miqyosida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri o‘tkazilishi e’lon qilingan edi. Ushbu tadbirlar davomida bir qancha ijobiy natijalarga erishildi. Xozirda “Dolzarb 30 kun” profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Shu sababli, Siz azizlardan o‘tkazilayotgan tadbir davomida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, ijtimoiy muhim qatlam xisoblangan voyaga yetmaganlar va yoshlarni qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda barchangizni hamkorligingiz katta ahamiyatga ega.
Biz tomonimizdan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda barcha zarur chora-tadbirlar, jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha esa aniq vazifalar belgilab olindi.
Murojaatim yakunida, har doimgidek Siz azizlarni yana va yana ogohlikka chaqiraman.
O‘z oilamiz, o‘z mahallamizni o‘z tumanimizni o‘zimiz asraylik aziz fuqarolar!
E’tiboringiz uchun rahmat!
