Paxtachi tuman prokurori MUROJAATI
2026-05-07 10:10:00 / Matbuot anjumanlari

PAXTACHI TUMAN PROKURORI XOLMURODOV JAXONGIR BAYDULAYEVICHNING TUMANDA XAFSIZ MUHITNI YARATISH, JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARGA QARSHI KURASHISH YUZASIDAN AHOLIGA YO‘LLAGAN MUROJAATI
Assalomu alaykum, Hurmatli tumandoshlar hamda ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari!
Hurmatli Prezidentimiz rahbarligida mamalakatimizda barcha sohalarda ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda jamiyatimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash har birizning umumiy burchimiz hisoblanadi. Jinoyatchilikni oldini olish, ayniqsa kiberjinoyatlardan ogoh bo‘lish masalasi hozirgi zamonning eng dolzarb muammolaridan biridir.
Bugun Sizlarga tumanimizdagi kriminogen vaziyat bo‘yicha har oy yakuni bilan profilaktik – ogohlantiruvchi murojaatimni yo‘llamoqdaman.
Shu fursatdan foydalanib, tumanimiz hududidagi kriminogen vaziyat haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tsam.
Tuman hududida joriy yilning aprel oyida 53 ta (2024 yilning
aprel oyida 25) ta jinoyatlar sodir etilganligi ro’yxatga olingan bo’lib, umumiy jinoyatchilik 28 taga yoki 52,8 foizga ko’paygan.
Ya’ni, joriy yilning o’tgan aprel oyida 13 ta o’g’irlik, 10 tasi firibgarlik,
9 ta transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, 5 ta giyohvandlik, 7 ta foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olish, 2 ta oilaviy zo’ravonlik va 1 tadan qasddan badanga yengil shikast yetkazish, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo’yin tovlash, o’n olti yoshga to’lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, qo’shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash, haqorat qilish, o’zlashtirish yoki rastrata yo’li bilan talon-toroj qilish hamda pora berish jinoyatlari qayd etilgan.
Ushbu jinoyatlarning 19 tasi oldi olinishi lozim bo‘lgan, 16 tasi aniqlanadigan jinoyatlar va 18 tasi kiber jinoyatlarni tashkil etadi.
Joriy yilning aprel oyida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlardan qotillik, og‘ir tan jarohati yetkazish, oilaviy zo‘ravolnlik, talonchilik, bosqinchilik, avtomashinalarni olib qochish, bezorlilik, yengil tan jarohati yetkazish va o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish kabi jinoyatlar sodir etilmadi.
Shu yilning o’tgan aprel oyida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar tumandagi Amir Temur, "Boltali", "Bo’ston", "Guliston", "Go’ro’g’li", "Do’ng", "Jahonobod", "Jona", "Zarafshon", "Istiqlol", "Qirguli", "Ko’rpa", Mirzo Olim, Mirzo Ulug’bek, Mirza Salimiy, "Nayman", "Obodon", "Oqtepa", "Sardoba", "Saroy", "Tadbirkor", "Toma", "Toshko’prik", "To’g’olon", "Hunarmand", "Urg’uch", "Chashma", "Chorgo’sha", "Shamsnazar", "Yangiobod", "Qoratepa" va "Qarnab - ota" mahalla fuqarolar yig‘inlarida sodir etilgan.
Aziz tumandoshlar, so‘ngi yillarda kiberjinoyatlar ko‘payib borayotgan barchamizni xushyor bo‘lishga undaydi, firibgarlar telefon qo‘ng‘iroqlari, soxta SMS xabarlar, ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘on e’lonlar orqali fuqarolarning ishonchidan foydalanishga urinmoqda. Bank kartasi ma’lumotlarini so‘rash, “hisobingiz bloklandi” yoki “yutib oldingiz” degan yolg‘on xabarlar eng ko‘p uchrayotgan firibgarlik usullaridir.
Shu munosabat bilan Sizlarni quyidagilarga qat’iy amal qilishga chaqiraman.
- hech kimga bank kartangiz raqami, PIN-qodi va SMS orqali keladigan tasdiqlash kodlarini bermang;
- noma’lum havolalarga kirmang va shubhali e’lonlarga ishonmang;
- internet orqali pul o‘tkazishdan oldin ma’lumotni bir necha bor tekshiring;
- farzandlaringizni telefon va internetdan foydalanishini nazorat qiling;
- shubhali holatlarga duch kelsangiz, darhol, ichki ishlar organlarining 102 yoki 112 avtomatlashtirilgan raqamiga murojaat qiling.
Hurmatli tumandoshlar, jinoyatchilikka qarshi kurash faqatgina huquq - tartibot organlarning vazifasi emas. Bu-har bir fuqaroning hushyorligi, mas’uliyati va befarq bo‘lmasligiga bog‘liq umumiy ishdir. Ogohlik, ehtiyotkorlik va qonunlarga hurmat orqali biz jinoyatlarning oldini olishimiz, farzandlarimizga xavfsiz muhit yaratishimiz mumkin.
Aziz tumanimiz aholisi, murojaatim yakunida, barchangizni hushyor bo‘lishga, qonunbuzarliklarga murosassiz munosabatda bo‘lishga va tinch hayotimizni birgalikda asrashga chaqiraman.
E’tiborlaringiz uchun rahmat.
