Doimiy komissiyaning 2026 yil I chorakda amalga oshirgan ishlari bo'yicha AXBOROTI
2026-04-11 11:00:00 / Matbuot anjumanlari

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquq masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan 2026 yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan komissiya raisi Kamolov Abror Abduhakimovichning axboroti
Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquq masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tarkibi 2026-yil 10-martdagi tuman Kengashining VII-23-28-7-102-K/26-sonli qarorining 1-ilovasiga asosan 4 kishidan iborat tarkib tasdiqlandi. Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquq masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan doimiy komissiyaning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasi ishlab chiqilib, Kengash sessiyasida muhokama etildi.
2026-yilning birinchi choragida Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquq masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining ijrosi yuzasidan tizimli ishlar tashkil etildi.
Mamlakatimizda sud-huquq, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan islohatlar, 2026-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish bo‘yicha Doimiy komissiya a’zolari tomonidan tuman tashkilotlari va “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda davra suhbati va uchrashuvlar tashkil etildi.
Tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarning norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha 2025-yil 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hamda Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 2025-yil 21-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni ijrosini ta’minlashda davlat organlari va tashkilotlarini faoliyatini muvofiqlashtirish haqida”gi VII-6-16-7-102-K/25-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i A.Raxmatullaevning axboroti eshitildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmon, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda Davlat dasturlarining ahamiyatini, maqsadini va mohiyatini yetkazish, tushuntirish, bepul huquqiy maslahatlar berish, aholini huquqiy madaniyatini oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoniga muvofiq, aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tuman adliya bo‘limi tomonidan “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi doirasida 2025-yilning ikkinchi yarim yilligida tumanning “Istiqlol”, “Saroy”, “Gulobod”, “Toshko‘prik”, “Mirzo Ulug‘bek” va “Bo‘ston” mahallalarida “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilganligi hamda ushbu mahalla fuqarolarining muammolari o‘rganilib huquqiy tushuncha berilganligi muhokama qilindi.
Tuman prokuraturasi tomonidan 2025-yil 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman prokurorining axboroti eshitildi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilish holati to‘g‘risida tuman prokuraturasining hududda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2025 yilning 12 oyi davomida tuman prokuraturasi xodimlarining faoliyati yig‘ilishda muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlardagi vazifalar belgilab olindi.
Bundan tashqari Paxtachi tumanida huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlashda 2025-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Paxtachi tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti eshitildi. Jinoyatchilikka qarshi kurashda profilaktik tadbirlarni samaradorligini oshirish, hududda kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash maqsadida viloyat prokuraturasi huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda jinoyatchilik ahvoli uning turlari bo‘yicha muntazam ravishda tahlil qilinib, ushbu tahlillardan jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish yuzasidan tumandagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan davlat boshqaruvi organlari va jamoatchilik bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturlari ijrosi ham muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 apreldagi PF–71-son Farmoni ijrosi doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan ishlar ham muhokama qilindi. Jumladan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Paxtachi tumani filialida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi
kurashish, davlat organlarida ochiqlikni
ta’minlash va huquq masalalari bo‘yicha
doimiy komissiyasi raisi A.A.Kamolov
