Guluston mahallasida yoshlar uchun futbol maydonchasi foydalanishga topshirildi
2026-04-03 13:45:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumani Guluston mahallasida yoshlar uchun tadbirkor tomonidan “Guluston yoshlar futbol maydonchasi” qurilib, foydalanishga topshirildi.
Maydonchaning ochilish marosimida keng jamoatchilik vakillari hamda Paxtachi tumani hokimi o‘rinbosari D.Napasov ishtirok etib, mahalla yoshlarini samimiy tabrikladi.
Ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tib, bolajonlar ijrosida qo‘shiq va raqslar namoyish etildi. Tadbir haqiqiy bayramona shodiyonaga aylandi.
Sun’iy qoplamali zamonaviy futbol maydonida bugunning o‘zida xotira turniriga start berildi. Mazkur sport inshooti yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.






