Gʻolib loyihalar roʻyxati e’lon qilindi
2026-04-03 10:05:00 / Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining "Ochiq budjet" axborot portali orqali Tashabbusli budjet jarayonining 2026-yil 1-mavsumining g'olib loyihalari e'lon qilindi.
Jumladan, Paxtachi tuman bo'yicha 15 694,5 mln.so'mlik 11 ta loyihalar g'olib deb topildi.
Bular 2 ta umumta'lim maktabi, 1 ta Maktabgacha taʼlim muassasalari, 2 ta sog‘liqni saqlash 2 ta Boshqa taʼlim muassasalari, 1 ta Musiqa va maktabdan tashqari tashkilot, 1 ta Ichimlik suvi va oqava tizimini yaxshilash, 1 ta ichki yo'llarni ta'mirlash, va 1 ta Elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq tadbirlar.
Jarayonlarda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildirgan holda “Tashabbusli budjet” loyihasining keyingi mavsumlarida ham faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.
Gʻolib boʻlgan loyihalar bilan shu yerda (https://https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/53) tanishishingiz mumkin.
“Tashabbusli budjet” — xalq budjeti!

