Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
2026-03-31 16:30:00 / Yangiliklar

Bugun 31-mart kuni Paxtachi tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari D.Napasov hamda Paxtachi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A.Nosirov ishtirokida 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tumandagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlariga mo‘ljallangan amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida:
✅ ta’lim sifatini oshirish;
✅ navbatdagi attestatsiyaga ariza topshirgan pedagog xodimlar ishtirokini ta’minlash;
✅ ta’lim tashkilotlarini bahorgi mavsumga tayyorlash;
✅ gul ko‘chatlarini ekish va bo‘sh yerlardan unumli foydalanish
masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida ta’lim tashkilotlari rahbarlariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.








