BRIFING Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashi tomonidan birinchi chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
2026-03-31 17:30:00 / Matbuot anjumanlari

Assalomu alaykum hurmatli ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari!
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Yangi O‘zbekistonni barpo etishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratish bilan birga, davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish aholi turmush farovonligini yanada oshirishga qaratilgan ushbu jarayonlarda mahalliy vakillik organlarining ham roli muhim ahamiyatga ega.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini kuchaytirish, ularni qonunchilik jarayonlariga, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi muammolarini hal qilishga keng jalb etishda mahalliy Kengash roli tobora ortib borayotganligini alohida qayd etish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan ijro hokimiyatining jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarining hal etishga oid bir qator vazifa va funksiyalari mahalliy Kengashlarga o‘tkazildi.
Barcha tuman va shaharlar kabi 2026 yil 1 yanvardan Paxtachi tumani Kengashi ham ijro hokimiyatidan ajralib chiqib, faol deputatlar tarkibidan saylangan Kengash raisi rahbarligida kengash faoliyatini tashkil etdi. Tuman Kengashi deputatlari aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga borib o‘rganish, yechimini kutayotgan masalalarga mas’uliyat bilan yondashish, xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalari kun tartibiga puxta hozirlik ko‘rgan holda, dolzarb masalalarni kiritish, har bir masalani doimiy komissiyalar bilan hamkorlikda muhokama qilib, yechimi bo‘yicha aniq va asoslangan takliflar ishlab chiqishga e’tibor qaratdi. Kengash sessiyalarida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini borishi, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularga ish o‘rinlari yaratish, zarur ehtiyojlarini o‘rganib, shunga munosib tarzda yordam berish, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlarining hisobotlari eshitildi. Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashi sessiyalari kun tartibida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ularning ijrosi xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari tomonidan doimiy nazorat qilindi. 2026 yilning birinchi choragida 5 ta sessiya o‘tkazildi. Mazkur sessiyalarda jami 38 ta qaror qabul qilindi.
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi sessiyalarida ijro hokimiyati va boshqa mas’ul tashkilotlar faoliyati doirasida 13 ta hisobot hamda 5 ta axborot va 20 ta boshqa masalalar ko‘rildi.
Mazkur ko‘rsatkichlar Kengash tomonidan ijro etuvchi organlar faoliyati ustidan samarali nazorat o‘rnatilganini, dolzarb masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobot va axborotlari muntazam ravishda muhokama qilib borilganini ko‘rsatadi.
Tuman Kengashi sessiyalarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, qabul qilingan qarorlarni keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rildi, ya’ni joriy yilning birinchi choragida jami 5 ta sessiya o‘tkazilib barcha sessiya onlayn tarzda ommaviy axborot vositalarida yoritildi.
4 ta qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilib, 38 ta Kengash qarori “E-Kengash” tizimi orqali e’lon qilindi.
Hisobot davrida jami 2 ta normativ-huquqiy tusdagi qaror qabul qilinib, 2 ta normativ-huquqiy qarorning barchasi belgilangan tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
Mazkur ko‘rsatkichlar Kengash faoliyatida ochiqlik, qonuniylik va jamoatchilik ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilganidan dalolat beradi.
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi deputatlari tomonidan vakolatlari doirasida davlat organlari va tashkilotlariga jami 40 ta deputat so‘rovi yuborildi.
-Paxtachi tumani hokimining o‘rinbosari - tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i 1 ta,
-Tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i 7 ta,
- “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Paxtachi tuman bo‘limi boshlig‘i 2 ta,
-Tuman Elektr tarmoqlari korxonasi direktori 9 ta,
- Paxtachi tumani IIB boshlig‘i 1ta,
-Tuman Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori 2 ta,
- Paxtachi tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi rahbari 1ta,
- “Mansurbek qo‘rg‘oni” MChJ rahbari 4 ta,
-Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i 3 ta,
-Tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i 1ta,
-Tuman Davlat soliq inspeksisi boshlig‘i 1ta,
-Kadastr agentligi Paxtachi tuman bo‘limi boshlig‘i 2 ta,
-Paxtachi tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i 1 ta,
-Samarqand suv ta’minoti” MChJ tuman bo‘limi boshlig‘i 2 ta,
-Paxtachi tumani bo‘yicha Gaz ta’minoti hududiy filiali 2 ta,
-Paxtachi tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi rahbariga 2 ta deputat so‘rovi chiqarilgan.
- 40 ta deputat so‘rovi o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, javoblar berildi va shundan 13 tasi ijobiy hal etildi.
Qayd etilgan raqamlar deputat so‘rovlari institutining samarali ishlayotganini, davlat organlari tomonidan deputatlarning qonuniy talablariga o‘z vaqtida va to‘liq javob berilayotganini ko‘rsatadi. Tuman Kengashi deputatlari o‘z hududlarida nazorat tahlil faoliyatini ham sifatli olib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritalari”da Paxtachi tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasining ijrosi holati ham nazorat qilib borilmoqda va navbatdagi sessiyalarda muhokama qilib borish rejalashtirilmoqda.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Paxtachi tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.T.Magripova
