"Yashil makon" loyihasi amalda
2026-03-26 17:00:00 / Yangiliklar

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida hududlarni ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.
Xususan, ko‘p qavatli uylar atrofiga 500 dan ortiq mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ushbu ko‘chatlar hudud ekologiyasini yaxshilash, aholiga qulay va yashil muhit yaratishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Chashma mahallasi hududida Yo‘l ko‘kalam bo‘limi hamda tuman ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi xodimlari tomonidan ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash va sug‘orish ishlari olib borilmoqda.
Yashil hududlarni kengaytirish, atrof-muhitni asrash va kelajak avlod uchun sog‘lom ekologik muhit yaratish yo‘lidagi ishlar davom etmoqda.




