Paxtachi tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari davom etmoqda
2026-03-27 16:00:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari davom etmoqda
Paxtachi tumanida barcha sohalarda keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Jumladan, temir yo‘l atroflarida "Yashil makon" loyihasi doirasida manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari davom etmoqda. Guliston mahallasida esa tadbirkor tomonidan sun’iy qoplamali mini stadion qurilib, foydalanishga topshirilmoqda.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligida bugungi kunning dolzarb agrotexnik tadbiri — g‘alla parvarishi ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda.
Paxtachi tumani hokimi Qayum Xushvaqov ushbu bunyodkorlik ishlari va agrotexnik tadbirlar borishini mutasaddilar ishtirokida joyiga chiqib ko‘zdan kechirdi. O‘rganishlar davomida ishlarni yanada jadallashtirish hamda sifatini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.





