Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, navbatdagi vazifalar to‘g‘risida
2026-03-04 14:25:00 / Matbuot anjumanlari

Mavzu: Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, navbatdagi vazifalar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19-maydagi “Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-88 son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tuman tibbiyot birlashmasi negizida mustaqil yuridik maqomga ega bo‘lgan tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi tashkil etildi.
Tumandagi 19 ta birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida, sog‘liqni saqlashning birlamchi tizimini tashkil etishni yangi modeli joriy qilindi. Natijada tuman tibbiyotining yangi bosqichga olib chiqish uchun tumandagi mavjud 1 ta markaziy poliklinika, 5 ta oilaviy poliklinikalar, 11 ta oilaviy shifakorlik punktlari hamda 17 ta mahalla tibbiyot punktlari faoliyati tuxtatilib, 1 ta markaziy shifoxonaning maslahat-diagnostika bo‘linmasi, 14 ta 1- chi tip oilaviy poliklinikalar,5 ta 2- tip oilaviy poliklinikalar hamda 1 ta 2- tip oilaviy poliklinikalar filiali tashkil etildi.
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish orqali oilaviy poliklinikalarda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifat va samaradorligini oshirishga erishiladi.
Oilaviy poliklinikalar doirasida tibbiyot brigadalari yangi normativlarga muvofiq qayta shakllantirildi hamda ularga aholining qayta biriktirilishi tashkil etildi.
Sog‘liqni saqlash bo‘limi tasarrufidagi tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan ta’minlashning shaffof mexanizmlari asosida barcha tibbiyot xodimlari atestatsiyadan o‘tkazildi va uning natijalari bo‘yicha tibbiyot xodimlari to‘liq stavkada ishga qabo‘l qilindi hamda ularga munosib ish sharoitlari yaratildi.
Oilaviy shifakorlar va biriktirilgan aholi o‘rtasida bitimlar tuzildi hamda xududdagi tibbiyot muassasalari bilan Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi o‘rtasida shartnomalar tuzildi.
Sog‘liqni saqlash bo‘limi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari faoliyatidagi biznes jarayonlarini raqamlashtirish,qog‘oz shaklda yuritilayotgan barcha hisobotlarni elektron shaklda yuritish orqali tibbiyot xodimlarining ish yuklamasini kamaytirishga erishildi.
Aholiga statsionar sharoitda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning sifat darajasini yanada yaxshilash maqsadida markaziy shifoxonaning tug‘ruq bo‘limiga qo‘shimcha 20 o‘rin qo‘shilib , jami statsionar o‘rinlari 288 tadan 308 ta o‘ringa yetkazildi.
Birlamchi tibbiy–sanitariya yordami muassasalari tarkibida faoliyat yuritayotgan kunduzgi shifoxonalar o‘rinlari 2026-yil yanvar oyidan boshlab 152 o‘rindan 187 o‘ringa yetkazildi.
Kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar:
1.Markaziy shifoxonaning yuqumli kasalliklar bo‘limida mukammal ta’mirlash ishlarini olib borish;
2.Markaziy shifoxona asosiy binosining yertula inshoatini mukammal ta’mirlash;
3.Qarnab ota MFY da joylashgan Qarnab oilaviy poliklinikasi ob’ektini rekonstruksiya qilish;
4.Tinchlik MFY da joylashgan Kurpa oilaviy poliklinikasi ob’ektini rekonstruksiya qilish;
5.Istiqlol MFY dagi yangi tashkil etilgan oilaviy poliklinika uchun yangi bino qo‘rish;
6.Mirkan MFY da joylashgan Mirkent oilaviy poliklinikasi b’ektini rekonstruksiya qilish ;
7.Tumanda mavjud 0-14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash maqsadida 40 o‘rinli bolalar bo‘limi tarkibiga 6 o‘rinda bolalar anestezilogiya,reanimatsiya va intensiv terapiya o‘rinlarini tashkil etish;
8.Markaziy shifaxonaning suv inshoatini mukammal ta’mirlash ( yer osti qudug‘ini ta’mirlash).Natijada shifoxonani uzluksiz suv bilan ta’minlanishiga erishiladi. Ya’ni markaziy shifoxona xududlari yer maydonlari ko‘klamzorlashtiriladi.


