“Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasi g'oliblari taqdirlandi
2026-03-10 12:55:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumanida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10–11-sinflarida tahsil olayotgan “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolari o‘rtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada o‘quvchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy hamjihatligi hamda vatanparvarlik ruhini namoyon etib, yuqori natijalarga erishdilar.
Musobaqa natijalari:
1-o‘rin – 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Jasorat” jamoasi;
2-o‘rin – 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Shunqorlar” jamoasi;
3-o‘rin – 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Shunqorlar” jamoasi.
Faxrli o‘rinlarni egallagan jamoalarni tuman hokimi o‘rinbosari Dilshod Napasov samimiy tabriklab, g‘olib va sovrindorlarga hokimlikning diplom hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

