Paxtachi tuman prokurori MUROJAATI
2026-03-10 08:00:00 / Matbuot anjumanlari

PAXTACHI TUMAN PROKURORI XOLMURODOV JAXONGIR BAYDULAYEVICHNING TUMANDA XAFSIZ MUHITNI YARATISH, JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARGA QARSHI KURASHISH YUZASIDAN AHOLIGA YO‘LLAGAN MUROJAATI
Assalomu alaykum, Hurmatli tumandoshlar hamda ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari!
Hurmatli Prezidentimiz rahbarligida mamalakatimizda barcha sohalarda ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda jamiyatimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash har birizning umumiy burchimiz hisoblanadi. Jinoyatchilikni oldini olish, ayniqsa kiberjinoyatlardan ogoh bo‘lish masalasi hozirgi zamonning eng dolzarb muammolaridan biridir.
Bugun Sizlarga tumanimizdagi kriminogen vaziyat bo‘yicha har oy yakuni bilan profilaktik – ogohlantiruvchi murojaatimni yo‘llamoqdaman.
Shu fursatdan foydalanib, tumanimiz hududidagi kriminogen vaziyat haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tsam.
Tuman hududida joriy yilning fevral oyida 55 ta jinoyatlar hisobga olingan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan jinoyatlar soni teng saqlangan.
Ya’ni, joriy yilning o’tgan fevral oyida 16 ta o’g’irlik, 16 tasi firibgarlik,
5 tasi foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olish, 2 tasi talonchilik, 2 tasi giyohvandlik, 1 tadan o’n olti yoshga to’lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, foxishaxona saqlash, haqorat qilish, hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko’rsatish va 10 ta boshqa turdagi jinoyatlar qayd etilgan.
Ushbu jinoyatlarning 18 tasi oldi olinishi lozim bo‘lgan, 12 tasi aniqlanadigan jinoyatlar va 25 tasi kiber jinoyatlarni tashkil etadi.
Joriy yilning fevral oyida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlardan qotillik, og‘ir tan jarohati yetkazish, oilaviy zo‘ravolnlik, talonchilik, bosqinchilik, avtomashinalarni olib qochish, bezorlilik, nomusga tegish, yengil tan jarohati yetkazish va o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish kabi jinoyatlar sodir etilmadi.
Shu yilning o’tgan fevral oyida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar tumandagi Amir Temur, "Burqut", "Dabusqal’a", "Jahonobod", "Ko’rpa", Mirzo Ulug’bek, "Mirkan", "Obodon", "Oqtepa", "Saroy", "Suluvqo’rg’on", "Tadbirkor", "Hunarmand" va "Qarnab-ota" mahalla fuqarolar yig‘inlarida sodir etilgan.
Aziz tumandoshlar, so‘ngi yillarda kiberjinoyatlar ko‘payib borayotgan barchamizni xushyor bo‘lishga undaydi, firibgarlar telefon qo‘ng‘iroqlari, soxta SMS xabarlar, ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘on e’lonlar orqali fuqarolarning ishonchidan foydalanishga urinmoqda. Bank kartasi ma’lumotlarini so‘rash, “hisobingiz bloklandi” yoki “yutib oldingiz” degan yolg‘on xabarlar eng ko‘p uchrayotgan firibgarlik usullaridir.
Shu munosabat bilan Sizlarni quyidagilarga qat’iy amal qilishga chaqiraman.
- hech kimga bank kartangiz raqami, PIN-qodi va SMS orqali keladigan tasdiqlash kodlarini bermang;
- noma’lum havolalarga kirmang va shubhali e’lonlarga ishonmang;
- internet orqali pul o‘tkazishdan oldin ma’lumotni bir necha bor tekshiring;
- farzandlaringizni telefon va internetdan foydalanishini nazorat qiling;
- shubhali holatlarga duch kelsangiz, darhol, ichki ishlar organlarining 102 yoki 112 avtomatlashtirilgan raqamiga murojaat qiling.
Hurmatli tumandoshlar, jinoyatchilikka qarshi kurash faqatgina huquq - tartibot organlarning vazifasi emas. Bu-har bir fuqaroning hushyorligi, mas’uliyati va befarq bo‘lmasligiga bog‘liq umumiy ishdir. Ogohlik, ehtiyotkorlik va qonunlarga hurmat orqali biz jinoyatlarning oldini olishimiz, farzandlarimizga xavfsiz muhit yaratishimiz mumkin.
Aziz tumanimiz aholisi, murojaatim yakunida, barchangizni hushyor bo‘lishga, qonunbuzarliklarga murosassiz munosabatda bo‘lishga va tinch hayotimizni birgalikda asrashga chaqiraman.
E’tiborlaringiz uchun rahmat.
