Paxtachi tumanining xizmatlar sohasi ko‘rsatkichlari
2026-02-24 11:00:00 / Matbuot anjumanlari
#infografika
Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning toifalari
(1-yanvar holatiga, birlikda)

Paxtachi tumani bo‘yicha yuqori ulush transport xizmatlari (30,5 %), savdo xizmatlari (29,5 %) va moliyaviy xizmatlar (7,1 %) da qayd etildi.
Uncha yuqori bo‘lmagan ulush me’morchilik muhandislik izlanishlari texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (0,0 %), sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar (0,7 %) da qayd etildi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining o‘sish sur’atlari va takibi
(2025-yil yanvar-dekabr, % da)

Paxtachi tumanida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari ijara xizmatlar (124,8 %), savdo xizmatlari (129,9 %), ta’lim sohasidagi xizmatlar
(119,1 %), moliyaviy xizmatlar (119,7 %) va kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar (118,4 %) da qayd etildi.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lmagan sohalar transport xizmatlari (109,7 %) da qayd etildi.
STATISTIK KO‘RSATKICHLARGA IZOHLAR
Xizmat sohasi – bu, korxonalar, tashkilotlar va shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan har xil turdagi xizmatlarning takror ishlab chiqarilishini o‘z ichiga olgan umumlashtirilgan toifadir. Boshqacha qilib aytganda, bu savdo, kasbiy va maishiy xizmatlarni ko‘rsatishga ixtisoslashgan mamlakat iqtisodiyotining tarmog‘idir. Xizmatlar iste’molchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) holatini o‘zgartiruvchi yoki tovarlar, xizmatlar yoki moliyaviy aktivlar bilan ayirboshlashiga ko‘maklashadigan ishlab chiqarish faoliyatining natijasi hisoblanadi. Xizmatning o‘ziga xos xususiyati, xizmatni bajarish va uni iste’mol qilish davrining bir xil vaqtga to‘g‘ri kelishi hisoblanadi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlar hajmida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun amaldagi bozor narxlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksizsiz hisoblangan to‘lovlar hisobga olinadi.
Xizmatlar oldi-sotdi obyekti sifatida chiqqanda va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan (xizmatlarni ishlab chiqaruvchining sarf-xarajatlarini to‘laligicha yoki sezilarli darajada qoplaydigan) narxlarda sotilganda, bozor uchun ishlab chiqarilgan xizmatlar hisoblanadi.
“Ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlar hajmi” statistik ko‘rsatkichi – ma’lum bir vaqt davomida ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini o‘lchovchi, iste’molchilarga (yuridik va jismoniy shaxslar, norezidentlarni qo‘shgan holda) ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini aks ettiradi.
Ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlar hajmi – bu, xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va xizmat ko‘rsatish asosiy faoliyat turi hisoblanadigan barcha xizmatlar ishlab chiqaruvchilari (yuridik va jismoniy shaxslar) tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari qiymatidir.
Iste’molchilar tomonidan xizmatlar uchun to‘lovlar naqd pul, shu jumladan, plastik kartochkalar va pul o‘tkazish, elektron to‘lovlar va elektron pullar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar statsionar shifoxona muassasalari, poliklinikalar, stomatologiya muassasalari va tibbiy laboratoriyalar tomonidan pul asosida ko‘rsatilgan kompleks xizmatlarni qamrab oladi.
Ijara xizmatlari bo‘yicha ishlab chiqarish hajmi mashinalar va asbob-uskunalarni operatorlarsiz ijaraga berish, maishiy jihozlar va shaxsiy ehtiyoj buyumlarini ijaraga berishdan olingan daromad miqdori sifatida aniqlanadi.
Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi shartnomada nazarda tutilgan talablarga muvofiq loyihalar, izlanishlar, konstruktorlik va texnologik ishlar hamda ko‘rsatilgan xizmatlar, shuningdek, qurilish ishlari ustidan nazorat va boshqa muhandislik xizmatlarining qiymatini o‘z ichiga oladi.
