HISOBOT
2026-02-28 13:45:00 / Matbuot anjumanlari

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi tomonidan 2025-yil davomida vakolatlari doirasida tizimli va samarali ishlar amalga oshirildi.
O‘tgan yil davrida tuman Kengashida 16 ta sessiya o‘tkazildi. Mazkur sessiyalarda jami 133 ta qaror qabul qilindi.
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi sessiyalarida ijro hokimiyati va boshqa mas’ul tashkilotlar faoliyati doirasida 40 ta hisobot hamda 14 ta axborot eshitildi.
Mazkur ko‘rsatkichlar Kengash tomonidan ijro etuvchi organlar faoliyati ustidan samarali nazorat o‘rnatilganini, dolzarb masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobot va axborotlari muntazam ravishda muhokama qilib borilganini ko‘rsatadi.
2025-yil davomida Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi tomonidan tuman hokimi hamda Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning bekor qilish holatlari kuzatilmaganligi
tuman hokimi hamda Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, puxta va asosli tarzda qabul qilinayotganidan dalolat beradi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlislari kun tartibiga kiritilgan qonunlar muhokamasi hamda yangi qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Mazkur tadbirlar qonun ijodkorligi jarayonida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash, qabul qilinayotgan qonunlarning aholi o‘rtasida keng tushuntirilishi va ularning amaliy ahamiyatini oshirishga xizmat qildi.
Tuman Kengashi sessiyalarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, qabul qilingan qarorlarni keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rildi.
Yil davomida jami 16 ta sessiya o‘tkazilib barcha sessiya onlayn tarzda ommaviy axborot vositalarida yoritildi, Yopiq sessiyalar o‘tkazilmadi.
27 ta qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilib, 133 ta Kengash qarori “E-Kengash (E-qaror)” tizimi orqali e’lon qilindi.
Hisobot davrida jami 11 ta normativ-huquqiy tusdagi qaror qabul qilinib, 11 ta normativ-huquqiy qarorning barchasi belgilangan tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
Mazkur ko‘rsatkichlar Kengash faoliyatida ochiqlik, qonuniylik va jamoatchilik ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilganidan dalolat beradi.
2025-yil davomida Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi deputatlari tomonidan vakolatlari doirasida davlat organlari va tashkilotlariga jami 131 ta deputat so‘rovi yuborildi.
-131 ta deputat so‘rovi o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, javoblar berildi.
Yuqorida qayd etilgan raqamlar deputat so‘rovlari institutining samarali ishlayotganini, davlat organlari tomonidan deputatlarning qonuniy talablariga o‘z vaqtida va to‘liq javob berilayotganini ko‘rsatadi.
2025-yil davomida jami 109 ta uchrashuvlar va 98 ta mahalliy Kengash deputatlarining o‘z saylovchilari bilan axborot berish maqsadida uchrashuvlarni tashkil etdi.
Uchrashuvlar davomida aniqlangan muammolarga huquqiy tushuncha, taklif berish bilan birga ijobiy hal etildi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha jami 116 ta murojaat kelib tushdi. Ularning ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra:
-56 ta murojaat ijobiy hal etildi;
-12 ta murojaat rad etilgan;
-48 ta murojaat yuzasidan tushuntirish berildi;
-ko‘rib chiqish jarayonida qolayotgan murojaatlar qayd etilmadi.
Ushbu natijalar deputatlarning aholi bilan ochiq va samarali muloqot olib borayotganini, murojaatlar o‘z vaqtida va qonunchilikka muvofiq ko‘rib chiqilayotganini ko‘rsatadi.
