"Tumanni kompleks rivojlantirish" Dasturi
2026-02-23 15:15:00 / Yangiliklar
#infografika
❗️"Tumanni kompleks rivojlantirish" Dasturi doirasida Paxtachi tumanida 2026-yilda 687,2 milliard so‘mlik davlat dasturlari amalga oshiriladi
🇺🇿2026-yil Paxtachi tumani uchun katta o‘zgarishlar va yangi imkoniyatlar yili bo‘lishi kutilmoqda. Aholi turmush darajasini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda zamonaviy infratuzilmalarni yaratishga qaratilgan yirik davlat dasturlarini amalga oshirish jarayoni boshlab yuborildi.
Ajratilayotgan mablag‘lar quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
✅"Yangi O'zbekiston qiyofasidagi mahalla" (PQ-298) dasturi doirasida — 10,0 mlrd so‘m;
✅"Solishtirma ustunlik" dasturi (PQ-392) doirasida — 67,4 mlrd so‘m;
✅Davlat investitsiya dasturi (PQ-393) — 22,0 mlrd so‘m;
✅"Og'ir tuman va mahallalar infratuzilmasini yaxshilash" dasturi (PQ-49) doirasida — 78,0 mlrd so‘m;
✅"Qishloq infratuzilmasini yaxshilash" dasturi (PQ-141) doirasida — 37,5 mlrd so‘m;
✅"Biznes infratuzilmasini yaxshilash (drayver)" dasturi doirasida — 14,5 mlrd so‘m;
✅"Xizmatlar sohasini rivojlantirish" dasturi (PQ-392) doirasida — 10,5 mlrd so‘m;
✅"Tashabbusli budjet" dasturi doirasida — 29,8 mlrd so‘m;
✔️Umuman, 2026-yilda barcha manbalar hisobidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga jami 687,2 mlrd soʻm (shundan, bank kreditlari 392 mlrd soʻm, dasturlar doirasida 98,5 mlrd soʻm)
Ushbu mablag‘lar:
- yo‘l, kommunikatsiya va infratuzilmani yaxshilashga;
- ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga;
- tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratishga;
- aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
📌 Rivojlanish rejalari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va jamoatchilikka ochiq tarzda yetkazib boriladi.
