Tumandoshimizning futbol rivojiga qo'shgan hissasi munosib e’tirof etildi
2026-02-17 14:30:00 / Yangiliklar

Harbiy xizmati davomida O‘zbekiston Respubilkasi Qurolli Kuchlarining Maxsus operatsiya kuchlari safida jangovor harakatlarda ishtirok etib, bugungi tinchligimizga, osoyishtaligimizga ӯz hissasini qo‘shgan jangovor tumandoshlarimizdan biri Boboyev Nuriddin Ramozonovichdir.
Nuriddin Boboyev bugungi kunda nafaqada bӯlishiga qaramasdan Respublika "VETERAN" Jangchi -faxriylar Birlashmasi raisi yordamchisi sifatida O'zbekiston sportiga xususan o'zbek futboli rivoji uchun ham faol mehnat qilib kelmoqda.
Ilk bora tashkil etilgan Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari faxriylari ligasi tashkilotchisi, qo'mita rahbari, ko‘plab xalqaro turnirlar (Turkiya, BAA, Rossiya, Qozog‘iston) ishtirokchisi, g‘olibidir.
Tumandoshimiz bugun O'zbekiston futbol assosiatsiyasi Prezidentining buyrug‘iga asosan "O'zbekiston futboli rivojiga qo'shgan hissasi uchun" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
Nafaqadagi harbiy hamkasblari va Paxtachi tumani ahli Nuriddin Ramozonovich chin qalbdan tabriklashadi.


