BRIFING: Ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy yordamlar to‘g‘risida
2026-02-10 17:00:00 / Matbuot anjumanlari

Paxtachi tumanida 149 972 aholi bo‘lib, shundan 75302 nafari xotin-kizlar,tug‘ish yoshdagi ayollarimiz 43 425 nafari tashkil etadi 46 824 nafar oilalar mavjud bo‘lib, muhtoj ehtiyojmand nogironi bor oilalar Ayollar va Yoshlar daftarlaridan manzilli yordam berilib kelinmokda.Shundan “Ayollar daftari” 6-bosqichiga 4 198 nafar xotin-qizlar kiritilib, ehtiyojmand muhtoj xotin-qizlarga moddiy, maьnaviy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy yordamlar ko‘rsatilib kelinmoqda.
Oilalarda ijtimoiy – ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, xotin-qizlar orasida salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda
Tumanda oilaviy ajralishlar 2025 yil davomida 224 nafarni (2024 yil 209 nafarni) 15 nafarga kamaygan. Mahalla kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagi mahallalarda, Mirzo Ulug‘bek MFYda 5 taga, Zarafshon MFYda 7 taga, Istiqlol MFYda 5 taga oshgan.
Oilaviy ajrimlarning oldini olish, oilalarda milliy qadriyatlarni shakllantirish maqsadida: iyul, avgust, sentyabr oyidan boshlab “Qadriyatlarimiz – bebaho boyligimiz!”, “Ahil oila”, “Oila muqaddas”,”Qaynona kelin munosabaatlari”, “Ibratli oila”, “Qaynonam onam mening-kelinim bolam mening”, mavzularida 159 marotaba davra suxbatlari, yakka tartibda suxbatlar o‘tkazildi.
Viloyat Savdo Sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkor ayollar uchun sayyor qabullar o‘tkazilgan. Tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda mahalla faollari bilan birgalikda 135 marotaba yakka suhbatlar olib borilib, 68 nafar ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilishiga erishilgan.
“Ayollar daftari” 6-bosqichiga 4198 nafar xotin-qizlar kiritilgan.
1-toifa Ishsiz toifaga kiritilgan 2562 nafar xotin-qizlardan 2562 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi.
2-toifa Tadbirkorlik istagidagi toifaga kiritilgan 107 nafar xotin-qizlardan 107 nafariga 1,979 mln so‘m kredit ajratilgan.
3-toifa boquvchisini yo‘qotgan 491 nafar xotin-qizlarga 750 ming so‘mdan jami 220 mln 950 ming so‘mlik bir martalik moddiy yordamlar ajratilib undan tashqari toifaga kiritilgan 5 nafar xotin-kizlarga, uy-joylarini ta’mirlash uchun 25 mln so‘m mablag‘lar ajratildi.
4-toifa Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand 700 nafar xotin-qizlarga 750 ming so‘mdan jami 525 mln so‘mlik bir martalik moddiy yordamlar ajratilib undan tashqari toifaga kiritilgan 8 nafar xotin-kizlarga, uy-joylarini ta’mirlash uchun 40 mln so‘m mablag‘lar ajratildi.
5-toifa Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar 5.2-bandi "Ijara kompensatsiya to‘lovi to‘lab berilgan xotin-qizlar 10 nafar tashkil qilib har biriga 450 ming so‘mdan jami 22 mln 500 ming so‘m ijara pullari to‘lab berildi.
6-toifa Qaramog‘ida nogiron farzandi bor xotin-qizlar 328 nafarni tashkil qilib 551 nafariga 750 ming so‘mdan jami 246 mln moddiy yordam berildi, 6.1 toifada tomarqadan unumli foydalanishni hohlovchilar 8 nafarni tashkil qilib barchasiga tomorkadan unumli foydalanish 2 mln so‘mlik urug‘ va ko‘chatlar olib berildi.
Tumanda Oila maskani tashkil qilinib xotin-qizlarga turli masalalar bo‘yicha huquqiy, psixologik yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda.
2025-yilda Paxtachi tumanini kompleks rivojlantirish boʻyicha Oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan maqsadli koʻrsatkichlar ishlab chiqildi. Bunga koʻra:
Sayxunobod tajribasi asosida 445 xotin-qizlar oʻqitildi. (asalarichilik, parrandachilik, issiqxona, baliqchilik, tikuvchilik, bedanachilik va boshqa yoʻnalishlarda)
Ishsiz, ishlash istagidagi 812 nafar xotin-qizlarni doimiy ishga jalb qilindi.
Tadbirkorlik uchun 2116 nafar xotin-qizlarga imtiyozli 57 mlrd 662 million kreditlar ajratildi.
Lider tadbirkor ayollarga 116 nafar extiyojmand xotin-qizlarni biriktirib daromad topishga oʻrgatildi.
4 ta xonadonlarda kichik ishlab chiqarish sexlari tashkil etildi.
Ipakchilik sohasida 3543 nafar xotin-qizlar band etildi.
Oʻrmon xoʻjaliklari bilan daraxt, gul koʻchatlari, yetishtirish boʻyicha 68 nafar xotin-qizlar oʻqitildi.
“Ustoz-shogird” anʼanasi asosida 82 nafar hunarmand ayollarga xotin-qizlarni biriktirish orqali bandligini taʼminlandi.
Ayollar daftari roʻyxatida turuvchi boquvchisini yoʻqotgan ayollarning 5 nafarining farzandlari uchun xatna toʻylari qilib berildi va har birining farzandiga velosiped, samokat hamda 2 nafar tikuvchilik qilayotgan ayollarimizga tikuv mashinalar berildi.
Tuman hokimi o‘rinbosari,
Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Jurakulova
