Profilaktik tadbir boʻlib oʻtdi
2026-02-01 12:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan tumanning Istiqlol mahallasida jinoyat va huquqbuzarliklarni kamaytirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda mahalla hududida yashovchi fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, huquqbuzarliklarning oldini olish, yo‘l harakati qoidalariga rioya etish hamda jamoat joylarida tartib-intizomni saqlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.


