Ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarga boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan sifatli xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar
2026-02-06 15:10:00 / Matbuot anjumanlari

#matbuot_anjumani
Paxtachi tumanida 54 ta koʻp kvartirali uy-joylar mavjud boʻlib, shundan 26 ta koʻp kvartirali uy-joylar 1971-1980 yillarda kurilgan va qolgan 28 ta koʻp kvartirali uy-joylar 2018-2025 yillarda qurilib, foydalanishga topshirilgan. 54 ta koʻp kvartirali uy-joylarda jami 1521 ta xonadon mavjud.
Tumandagi koʻp kvartirali uy-joylarga xizmat koʻrsatish boʻyicha 2 ta boshqaruv servis kompaniyalari faoliyat olib bormoqda.
Jumladan: “ZIYOVUDDIN SUV-SOZ” MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi 33 ta koʻp kvartirali uy-joylarga (593 ta xonadon) hamda “ZIYOVUDDIN SANTEXKOM XIZMAT” MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi 21 ta koʻp kvartirali uy-joylarga (928 ta xonadon) xizmat koʻrsatib kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152- sonli qavrorining 2-ilovasi ijrosini taʼminlash maqsadida 2025-yil Paxtachi tumanida koʻp kvartirali uylarni boshqaruv servis kompaniyalari va homiylar mablagʻlari hisobidan mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha ishlab chiqarilgan dastlabki manzilli dasturida koʻrsatilgan Istiqlol mahalla Mirzo Ulugʻbek koʻchasida 126-sonli uy, Yangiobod mahalla Ibin Sino koʻchasida 6-sonli hamda shu mahallani Temir yoʻl koʻchasida joylashgan 17-sonli uylarni fasad qisimlari bilan birgalikda 11 ta kirish yoʻlaklarini devor qisimlari
“ZIYOVUDDIN SUV-SOZ” MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan joriy taʼmirlash ishlari yakuniga etkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan PQ-1-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Paxtachi tumanida joylashgan koʻp qavatli uylarni kirish yoʻlaklaridagi asosiy eshiklariga domofon uskunasi hamda tutash hududlariga zamonaviy PTZ kuzatuv kameralari oʻrnatilib, koʻp qavatli uylarda istiqomat qilib kelayotgan aholi uchun xavfsiz muhit yaratildi.
Bugungi kunda boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan koʻp qavatli uylarda yashovchi mulkdorlarga 07.11.2019 yildagi “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-581-son qonuni asosida ishlarni tashkil etishi va mulkdorlarning asosiy vazifalari nimalardan iborat ekanligi hamda BSK ning xizmat koʻrsatish turlari qaysi xizmatlarni oʻz ichiga olishi boʻyicha toʻliq maʼlumotlar berib borilmoqda.
Bundan tashqari “Ziyovuddin suv soz” MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi, tuman hokimligi bilan birgalikda tumanning Amir Temur mahallasi Hamid Olimjon koʻchasida joylashgan 4 ta ikki qavatli uylarning yer toʻla qismidan oqova suv tarmogʻi va toza ichimlik suv tarmogʻi tortish ishlari boshlangan. Ushbu ishlar yakuni bilan 4 ta ikki qavatli uylarda istiqomat qilib kelayotgan aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan taʼminlashga erishiladi.
Maʼlumot uchun mazkur koʻp qavatli 1970-1980-yillar oʻrtasida qurilgan boʻlib, koʻp qavatli uylarda markaziy oqova suv tarmogʻi mavjud boʻlmagan va ichimlik suvi koʻcha kranlaridan foydalanib kelgan.


