2 nafar paxtachilik "Tabiat himoyachisi" 21 mln. so'm miqdorida rag'batlantirildi
2026-01-20 17:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 yanvardagi PF-5-sonli farmonida sanitar tozalash korxonalarining chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash ishlari bilan shug‘ullanuvchi ishchilari hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi ishchilarining xizmatlarini rag‘batlantirish bo‘yicha:
har yili eng uzoq (kamida 10 yil) va sadoqat bilan xizmat ko‘rsatgan xodimlar uchun "Tabiat himoyachisi" tanlovini o‘tkazish va ulardan 100 nafar xodimning davlat oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan farzandlari yoki nabiralariga kontrakt summasining to‘liq miqdorini Ekologiya jamg‘armasi hisobidan to‘lab berish topshirig‘i berilgan.
Shundan, 2025-yil dekabr oyida Samarqand viloyati Paxtachi tumani bo‘yicha 2 nafar ishchi xodimning farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalaridagi qariyb 21 mln. so‘mlik kontrakt to‘lovlari to‘lab berildi.


