Sayyor qabul bo'lib o'tdi
2026-01-17 15:05:00 / Yangiliklar

Paxtachi tuman hokimi tomonidan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni oʻrganish va hal etish, bo'yicha fuqarolar bilan uchrashish GRAFIGI ishlab chiqilgan.
Unga asosan bugun 17-yanvar kuni Qaynarbuloq mahallasida istiqomat qiluvchi aholi bilan 42-umumiy o'rta ta'lim maktab binosida tuman hokimi Qayum Xushbaqovning sayyor qabuli bo'lib o'tdi.
Qabulda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, tegishliligi bo'yicha mutasaddilarga yunaltirildi.
Shuningdek, 42-umumta'lim maktabi shart-sharoitlari tuman hokimi tomonidan o'rganilib, mutasaddilarga tegishli ko'rsatmalar berildi.



