Brifing: Paxtachi tumanining iqtisodiy ko’rsatkichlari
2026-01-10 14:30:00 / Matbuot anjumanlari
Paxtachi tumanida 51 ta mahallada 156 ming aholi, 45,5 ming oila istiqomat qilmoqda.
Tumanimizning asosiy ko‘rsatkichlari
Iqtisodiy ko‘rsatkichlar:
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 11 oylikda 930 mlrd so‘m, Qishloq xo‘jaligida 2 trln.so‘m, Xizmat ko‘rsatish hajmi 808 mlrd.so‘m, Qurilish pudrat 222,8 mlrd.so‘mni tashkil etdi
(ma’lumot uchun, ro‘yxatdan o‘tgan sanoat korxonalari 242 ta, shundan faoliyat ko‘rsatayotgan 126 ta, faoliyatsiz 116 ta)
Tumanni rivojlantirishga ajratilgan mablag‘lar:
2026-yilda jami 607,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan,
bo‘lib jumladan,
Investitsiya dasturi 33,1 mlrd so‘m,
tashabbusli va mahalla byudjeti 31,0 mlrd,
tadbirkorlik uchun infratuzilma xarajatlari 28,1 mlrd,
Alohida tuman (shahar)lar mahallalari hamda drayver loyihalar uchun ajratilgan mablag‘ jami 34,9 mlrd,
PQ-392 Qaror asosida Paxtachi tumanining metodik ustunliklari va infratuzilmalarini yaxshilash uchun 67,4 mlrd.so‘m
Obodonlashtirish dasturi 5,7 mlrd,
Ijtimoiy soha dastur xarajatlari 33,7 mlrd,
Tijorat banklari kreditlari 388,5 mlrd so‘m
"Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish" loyihalariga “Islom taraqqiyot” banki kreditlari hisobidan 3,1 mln.dollar
Ishsizlik:
Yil boshida ishsizlar 3 440 nafar yoki 5,8 foiz edi, yil davomida jami 3 900 nafar ishsizlar mehnat bozoriga yangi kirib keldi, jumladan, 790 ta maktab bitiruvchilari, 2231 ta migratsiyadan qaytdi, 154 ta oliy ta’limni tugatdi, 132 ta harbiy xizmatdan qaytdi, 593 ta professional ta’limni tugatdi, ushbu davrda 4 808 nafar fuqaro bandligi ta’minlandi
1 yanvar holatiga ishsizlar soni 2 532 nafar yoki 5,0 foizni tashkil qilmoqda.
Bandlik dasturia asosida 1 yanvar holatiga 15 578 ta, fuqarolarni band qilish rejalashtirilgan bo‘lib amalda 16 785 ta fuqarolar bandligi ta’minlandi yoki reja 107 foizga bajarildi.
(investitsiya loyihalarida 1 446 ta, banklar tomonidan 10 321 ta, qishloq xo‘jaligida 4 438 ta, qurilish sohasida 580 ta aholi bandligi ta’minlandi)
Kambag‘allik: Yil boshida kambag‘al oilalar soni 2 547 ta yoki kambag‘allik darajasi 7,9 foizni tashkil qilgan edi. 2025 yil davomida kambag‘al oilalar xatlov o‘tkazilib, 4073 ta oila reestrdan chiqarildi, 2 936 ta yangi qo‘shildi.
O‘tgan Yil davomida reestrdagi 3 624 ta oila va ulardagi 15,3 ming oila a’zolariga 6 411 ta xizmatlar ko‘rsatildi. jumladan, 2159 nafari ishga joylashtirildi, 2766 nafari tadbirkorlikka jalb etildi, 279 nafar kasb-hunarga o‘qitildi, 1207 nafariga imtiyozli kredit va subsidiya ajratildi.
Yil yakuni bilan kambag‘al oilalar soni 1 410 tani yoki 3,7 foizni tashkil qilmoqda.
Mehnat migrantlari: yil boshida 2610 nafar, o‘tgan yil davomida 2 515 nafari qaytib keldi (shundan 1552 nafari yoki 62% ishga joylashdi), hozirda 3038 nafar xorijda mehnat migrantlari bor.
2026 yilda tumanni rivojlantirishga ajratilgan mablag’lar mablag’lar bo’yicha ma’lumot berib o’tsam:
2026-yilda jami 607,7 mlrd so’m mablag’ ajratilgan, bo’lib jumladan,
Investitsiya dasturi 33,1 mlrd so’m,
Tashabbusli va mahalla budjeti 31,0 mlrd,
Tadbirkorlik uchun infratuzilma harajatlari 28,1 mlrd,
Alohida tuman mahallalari hamda drayver loyihalari uchun ajratilgan mablag’ jami 34,9 mlrd,
PQ-392 Qaror asosida Paxtachi tumanining metodik ustunliklari va infratuzilmalarini yaxshilash uchun 67,4 mlrd.so’m;
Obodonlashtirish dasturi 5,7 mlrd
Ijtimoiy soha dastur harajatlari 33,7 mlrd
Tijorat banklari kreditlari 388,5 mlrd so’m;
“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihalariga “Islom taraqqiyot” banki kreditlari hisobidan 4 ta mahallaga 3,1 mln.dollar ya’ni 37,2 mlrd so’m mahallaning ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishga yunaltiriladi.
