Tadbirkorlar bilan soliq sohasidagi yangiliklari bo‘yicha muloqot bo'lib o'tdi
2026-01-06 15:30:00 / Yangiliklar

Bugun Paxtachi tumani 25-son Bolalar musiqa va san’at maktabida Samarqand soliq boshqarmasi va tuman soliq inspeksiyasi xodimlari, tadbirkorlar hamda fuqarolar ishtirokida o'quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda 2026 yilga mo‘ljallangan soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, soliq siyosati sohasidagi yangiliklar, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili, shuningdek Paynet “Xolis” ilovasidan foydalanish tartibi va sohaga oid boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, naqd pulsiz hisob-kitoblarni keng joriy etish, shaffoflikni oshirish hamda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar alohida e’tiborga olindi.
Shuningdek, muloqot davomida tadbirkorlar va fuqarolarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.
Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.









