Tumandoshimiz G‘ayrat Babaxolov — dotsent ilmiy unvoni sohibi
2025-12-26 09:25:00 / Yangiliklar

Hozirda Samarqand tumani hokimining o‘rinbosari bo'lib ishlayotgan Babaxolov G‘ayrat Tashbatirovich falsafa fanlari bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini qo‘lga kiritdi.
Qayd etish joizki, G‘ayrat Tashbatirovich 2023 yilda falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi. Mazkur ilmiy yutuqlar uning sohaga bo‘lgan chuqur bilim va izlanishlarining amaliy natijasidir.
Paxtachi tumani ahli G‘ayrat Tashbatirovichni ushbu e’tirof bilan tabriklab, kelgusidagi ilmiy va xizmat faoliyatida yana-da yuksak muvaffaqiyatlar tilab qoladi!
